KIRISH IMTIHONLARI VA ULARNI O'TKAZISH TARTIBI, FANLAR BLOKLARI

KIRISH IMTIHONLARI VA ULARNI O'TKAZISH TARTIBI, FANLAR BLOKLARI

Xalqaro ta’lim dasturlari markazi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari ikki bosqichda:

- birinchi bosqich abituriyentlardan tushgan arizalar soni asosida hamkor OTMlar bilan kelishgan holda 2025-yil iyul-avgust oylarida, Vebster universiteti bilan ochilayotgan qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari uchun Vebster universiteti bilan kelishib belgilangan kunda;

- ikkinchi bosqich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi.

 

Xalqaro ta’lim dasturlari markaziga kirish uchun o‘tkaziladigan birinchi bosqich imtihonlari - test sinovlaridagi fan bloklari

 

Shifr

Ta’lim yo‘nalishi

Imtihon olinadigan fanlar

Hamkor OTM

60310200

Xalqaro munosabatlar

Tarix, Ona tili va adabiyoti

Sunchunxyang universiteti

60410100

Iqtisodiyot

Matematika, O‘zbekiston tarixi

Yeungnam universiteti

60410100

Iqtisodiyot

Rus tili,  Matematika

Tomsk davlat universiteti

60530100

Kimyo

Kimyo, Matematika

Moskva davlat universiteti-Pekin Politexnika instituti qo‘shma universiteti

60610400

Dasturiy injiniring: aqlli transport tizimlari va uchuvchisiz platformalar

Rus tili, Matematika

Kompyuter fanlari va AKT

Qozon (Volga viloyati) Federal universiteti

60310300

Psixologiya

Ingliz tili

Webster universiteti

60510100

Biologiya

Ingliz tili

Webster universiteti

60530100

Kimyo

Ingliz tili

Webster universiteti