“O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 421-son qaroriga asosan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

      2026/2027-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofik kirish imtihonlari o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan kelishilgan muddatlarda qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni o‘tkaziladi.

🔑 Qo'shma dasturda o'qishning afzallik tomonlari:

Samarqand davlat universiteti hamda Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya), Rossiya va Xitoydagi top 1000 talikka kiruvchi nufuzli universitetlarning O’zbekstonda va jahonda tan olinadigan xalqaro diplomlari;

— Xalqaro reytinglardagi top 300 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yosh mutaxassislarning maoshiga to‘lab beriladigan bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha qo‘shimcha ustamalar: (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga 1-ILOVA  https://lex.uz/docs/-5512119

— Koreya Respublikasida 100%, 50% 30% va Xitoyda grant o‘rinlari;                                                                         

— Xorijlik o'qituvchilardan taʼlim olish;

— Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya), Rossiya va Xitoy oliy ta'lim sifati va muhiti;

— Kamida B1 (bakalavriatda) milliy yoki xalqaro til sertifikati bilan til imtihonisiz qabul (sertifikat bo'lmasa test topshirasiz).

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2026/2027 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari

 

Shifr

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar nomi

Hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi nomi

Hamkor OTMning xalqaro reytingdagi o'rni

To‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkich-lari

 

Ta’lim shakli

Ta’lim tili

O‘qish muddati (OTM+hamkor OTM, yil)

BAKALAVRIAT                                    

60310200 Xalqaro munosabatlar Koreya Respublikasi, Sunchunxyang universiteti 1001
25 kunduzgi Ingliz 2+2
60410100 Iqtisodiyot Koreya Respublikasi, Yeungnam universiteti

501

25

kunduzgi

kunduzgi

2+2

60420100 Yurisprudensiya Xitoy, Sharqiy Xitoy Siyosatshunoslik va Huquq Universiteti 150-200 50 kunduzgi kunduzgi

2+2

60530100 Kimyo Rossiya Federatsiyasi, Moskva davlat universiteti, Xitoy, Moskva davlat universiteti-Pekin Politexnika instituti qo’shma universiteti

115 

25

kunduzgi

Rus

2+2

60610400 Dasturiy injiniring: aqlli transport tizimlari va uchuvchisiz platformalar Rossiya Federatsiyasi, Qozon (Volga viloyati) Federal universiteti

401

25

kunduzgi

Rus

2+2

  Jami  

 

150

 

 

 

MAGISTRATURA

70310201 Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar Rossiya Federatsiyasi, Rossiya davlat gumanitar universiteti

 1400

15

kunduzgi

Rus

1+1.5

70310301 Psixologiya Hindiston, Chandigarh universiteti

 526

15

kunduzgi

Ingliz

1+1

70510101 Biologiya: Bioinformatika Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti

431 

15

kunduzgi

Ingliz

1+1

70610304 Ma’lumotlar ilmi: Biznes uchun ma’lumotlar tahlili Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti

431 

15

kunduzgi

Rus

1+1

70610304

Ma’lumotlar ilmi

Hindiston, Chandigarh universiteti

 526

15

kunduzgi

Ingliz

1+1

70530501 Fizika: fizika muhandisligi Xitoy, Shaanxi fan va texnologiya universiteti

901

15

kunduzgi

Ingliz

1+1

  Jami     170      
 
 
Batafsil