Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari markazida xorijiy davlatlarning yetkachi oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan talaba va magistrantlarning bitiruv malakaviy ishi va dissertatsiyasi himoyalari o’tkazilmoqda.
Xalqaro ta’lim dasturlari markazida bakalavriat bosqichining 4-kursini 2+2 qo’shma ta’lim dasturlari asosida 40 dan ziyod talaba tugatmoqda. Jumladan, 15 nafar talaba 2+2 qo’shma ta’lim dasturi asosida Xitoyning Shansi normal universitetida tarix (buyuk ipak yo’li tarixi) yo’nalishi bo’yicha bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi. Stankin Moskva davlat texnologiya universiteti bilan mavjud 2+2 qo’shma ta’lim dasturi balakalavriat yo’nalishi – mexatronika va robototexnika hamda materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yo’nalishlarida esa 30 dan ziyoda talaba tamomladi.
Xalqaro ta’lim dasturlari markazida 1+1 qo’shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan magistrantlar Shimoliy Kavkaz Federal universiteti bilan hamkorlikdagi geografiya (o’rganish obekti bo’yicha) mutaxassisligida 3 nafar, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan tashkil etilgan dorilarning sanoat texnologiyasi mutaxassisligi bo'yicha ham 3 nafar magistrant dissertatsiya ishlarini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, o’qishini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar va magistrantlar SamDU va xorijiy hamkor universitetining diplomlariga ega bo’ladi.
Ko'rishlar soni :
30