 
        
         
            
Samarqand davlat universiteti qo'shma ta'lim dasturlariga 1-bosqich kirish imtihonlari 2025-yil 22-avgust kuni bo'lib o'tdi. Iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar bakalavriat yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar 2 ta fandan iborat test savollarini bo’yicha bilimlarini sinab ko’rdi.
Magistraturaga talabgorlar esa mutaxassislik fanlaridan savollarga javob yozdi. Imtihon natijalariga ko'ra umumiy ballning 30% ni to'plagan abituriyentlar keyingi bosqich imtihonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.